Maxfiylik siyosati
Tahrir sanasi: 2026-10-09
Ushbu siyosat "ZAZA MARCETING" MCHJ ROPTERA xizmatida qanday shaxsiy ma‘lumotlarni yig‘ishi, ulardan qanday foydalanishi va qanday himoya qilishini tushuntiradi. U O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma‘lumotlar to‘g‘risida»gi qonuniga asoslanadi.
1. Qanday ma‘lumotlar yig‘iladi
- Hisob ma‘lumotlari: ism, elektron pochta, telefon, kompaniya nomi. Parol faqat shifrlangan (xesh) holda saqlanadi.
- Kirish ma‘lumotlari: kirish vaqti, IP manzil, brauzer turi, ochilgan bo‘limlar (xavfsizlik va xizmatni yaxshilash uchun).
- Mijoz ulagan tizimlardan keladigan ma‘lumotlar: CRM bitimlari, kontaktlar, qo‘ng‘iroq yozuvlari, reklama statistikasi va boshqalar. Ularning egasi Mijoz; Ijrochi ularni Mijoz topshirig‘i bilan qayta ishlaydi.
- Saytdagi ariza formasi: ism, telefon, kompaniya, xabar.
2. Nima uchun ishlatiladi
- Xizmatni ko‘rsatish: hisobotlar, tahlil, AI tavsiyalar, bildirishnomalar.
- Hisobga kirish, parolni tiklash, to‘lov va obuna haqida xabar berish.
- Xavfsizlik: ruxsatsiz kirishni aniqlash va oldini olish.
- Mijoz bilan bog‘lanish va qo‘llab-quvvatlash.
- Ma‘lumotlar reklama maqsadida sotilmaydi va uchinchi shaxslarga berilmaydi.
3. Uchinchi tomon xizmatlari
- Xizmat ishlashi uchun quyidagi provayderlardan foydalaniladi: server va ma‘lumotlar bazasi (Vercel, Neon, Railway), Mijoz yoqqanda AI tahlil (Anthropic, OpenAI va boshqalar), xat yuborish (Resend), Telegram bildirishnomalari.
- Bu provayderlarga faqat tegishli vazifani bajarish uchun zarur ma‘lumot uzatiladi. Ayrim serverlar O‘zbekistondan tashqarida (Yevropa Ittifoqi) joylashgan; ro‘yxatdan o‘tib, Mijoz bunga rozilik beradi.
4. Himoya
- Har bir kompaniyaning ma‘lumotlari alohida saqlanadi va faqat o‘sha kompaniya foydalanuvchilariga ko‘rinadi.
- Ulanish shifrlangan (HTTPS). Integratsiya kalitlari shifrlangan holda saqlanadi.
- Ijrochi xodimlari Mijoz ma‘lumotlarini faqat qo‘llab-quvvatlash uchun va zarur bo‘lgandagina ko‘radi.
5. Saqlash muddati
- Ma‘lumotlar hisob faol bo‘lgan davrda saqlanadi.
- Hisob yopilgandan keyin Mijoz so‘rovi bilan 30 kun ichida o‘chiriladi. Qonun talab qiladigan ma‘lumotlar (masalan, to‘lov hujjatlari) belgilangan muddatgacha saqlanadi.
6. Sizning huquqlaringiz
- O‘z ma‘lumotlaringizni ko‘rish, tuzatish, eksport qilish yoki o‘chirishni so‘rash.
- Ma‘lumotlarni qayta ishlashga rozilikni qaytarib olish (bunda xizmatdan foydalanish to‘xtaydi).
- So‘rov uchun pastdagi aloqa manzillariga yozing; 10 ish kuni ichida javob beramiz.
7. O‘zgarishlar
- Siyosat o‘zgarsa, yangi matn shu sahifada e‘lon qilinadi va yuqoridagi sana yangilanadi. Muhim o‘zgarishlar haqida Mijozlarga alohida xabar beriladi.
Rekvizitlar va aloqa
- Ijrochi
- "ZAZA MARCETING" MCHJ
- STIR
- 312 263 584
- Bank rekvizitlari
- h/r 20208000707270144001, "INVEST FINANCE BANK" AJ Farg‘ona viloyat filiali, MFO 01128
- Yuridik manzil
- Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Do‘stlik MFY, Moturidiy ko‘chasi, 42-uy
- Ofis
- Toshkent, Impact Coworking markazi
- Telefon
- +998 91 881 55 22
- Telegram
- https://t.me/resta_admin
- Sayt
- roptera.uz